Makulatura qabul qilish

Korxonalar, do‘konlar, omborlar va bosmaxonalardan makulatura qabul qilamiz: karton, eski karobkalar, kitob-jurnallar, ofis qog‘ozi va gazetalar. Narx navi va hajmiga qarab kelishiladi.

  • Karton va eski karobkalar
  • Kitob va jurnallar
  • Ofis qog‘ozi
  • Gazetalar
Kimdan
Korxona, do‘kon, ombor, bosmaxona
Navlar
MS-5B, MS-6B, MS-7B, MS-8V
Namlik
15% dan ko‘p emas
Narx
Navi va hajmiga qarab
Manzil
Toshkent sh., Yangihayot tumani, Kanora ko‘chasi, 3-uy
Ish vaqti
Har kuni, 08:00–18:00

Qanday makulatura qabul qilinadi

GOST 10700-97 talablari: namlik — 15% dan ko‘p emas, har bir toyda bitta nav, sim, skoba, qum va oziq-ovqat qoldiqlarisiz.

Qabul qilamiz

  • Gofrokarton va eski qutilar — MS-5B
  • Bosma karton va karton qadoq — MS-6B
  • Kitob, jurnal va daftarlar (muqovasiz) — MS-7B
  • Ofis qog‘ozi va arxiv hujjatlari
  • Gazetalar — MS-8V

Qabul qilmaymiz

  • Plyonka yoki polietilen qoplamali qog‘oz, tetrapak
  • Parafinli, yog‘li va bitumli qog‘oz
  • Folga, metallashtirilgan qog‘oz va fotoqog‘oz
  • Kassa cheklari (termoqog‘oz)
  • Nam, kuygan yoki chirigan makulatura

Makulatura nimaga aylanadi

Makulatura (ko‘pchilik «makalatura» deb ham yozadi) — ishlatilgan qog‘oz va karton: eski karobkalar, karton qadoq, kitob-jurnallar, ofis qog‘ozi va gazetalar.

Zavodda u navlar bo‘yicha saralanadi, plyonka, metall va skobalardan tozalanadi, maydalanib qog‘oz massasiga aylantiriladi.

Shu massadan rulon qog‘oz, undan gofrokarton va yangi karobkalar ishlab chiqariladi — topshirgan makulaturangiz yana qadoqqa aylanadi. Profpack har oy taxminan 2 500 tonna makulaturani qayta ishlaydi.

Makulatura qanday topshiriladi

  1. 1

    Tayyorlang

    Karton va qog‘ozni alohida yig‘ing, quruq joyda saqlang. Plyonka, skotch, skoba va oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlang.

  2. 2

    Bog‘laning

    Qo‘ng‘iroq qiling yoki so‘rov qoldiring: makulatura turi va taxminiy hajmini ayting.

  3. 3

    Kelishuv

    Navi va hajmiga qarab narxni, topshirish tartibi va vaqtini kelishamiz.

  4. 4

    Topshirish

    Makulatura zavodda qabul qilinadi: Toshkent sh., Yangihayot tumani, Kanora ko‘chasi, 3-uy.

Qog‘oz chiqindisi — chiqindi emas, xomashyo

600–700ming tonna

qog‘oz chiqindisi O‘zbekistonda har yili hosil bo‘ladi

185,6ming tonna

shundan qayta ishlanadi

≈2 500tonna

makulaturani Profpack har oy qayta ishlaydi

Manbalar: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi; gov.uz (2025).

Ko‘p so‘raladigan savollar

Makulatura narxi qancha?

Narx makulatura naviga va hajmiga qarab kelishiladi. Qanday makulatura va taxminan qancha borligini ayting — aniq narxni telefon orqali aytamiz: +998 93 746 59 59.

Qanday makulatura qabul qilinadi?

Gofrokarton va eski karobkalar (MS-5B), bosma karton va karton qadoq (MS-6B), kitob, jurnal va daftarlar (MS-7B), ofis qog‘ozi, arxiv hujjatlari va gazetalar (MS-8V). Plyonka yoki polietilen qoplamali, parafinli va yog‘li qog‘oz, folga, kassa cheklari hamda nam yoki kuygan makulatura qabul qilinmaydi.

Makulaturani qanday tayyorlab topshirish kerak?

Karton va qog‘ozni alohida yig‘ing, quruq joyda saqlang — GOST 10700-97 bo‘yicha namlik 15% dan oshmasligi kerak. Plyonka, skotch, skoba va oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlang. Katta hajmni toy qilib bog‘lash qulay; topshirish shartlarini telefon orqali kelishamiz.

Makulatura qayerda qabul qilinadi?

Zavodda: Toshkent sh., Yangihayot tumani, Kanora ko‘chasi, 3-uy. Ish vaqti: har kuni, 08:00–18:00. Kelishdan oldin qo‘ng‘iroq qiling: +998 93 746 59 59.

So‘rov qoldiring

Qanday makulatura va taxminan qancha borligini yozing — narx va topshirish tartibi bo‘yicha siz bilan bog‘lanamiz.

Kimga

Ma’lumotlaringiz faqat buyurtma bo‘yicha aloqa uchun ishlatiladi.